15:17 / 03.09.2015
2432

FIFA reytingi: O‘zbekiston 76-o‘rinda qoldi

FIFA rasmiy sayti milliy terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston ushbu reytingda o‘tgan oyda e'lon qilingan reytingdagi o‘rnida qoldi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 453 ochko mavjud.Osiyoda O‘zbekiston hamon 6 o‘rinni egallab turibdi.

Umumiy reytingda 40-o‘rinni egallab turgan Eron Osiyo jamoalari ichida eng yuqori pog‘onada bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va BAA terma jamoalari joylashgan.

Umumiy reytingni amaldagi jahon vitse-chempioni — Argentina boshqarib turibdi. Bu terma jamoa hisobida 1442 ochko mavjud. Ikkinchi o‘rinni Belgiya (1269) va uchinchi o‘rinni Jahonning amaldagi chempioni Germaniya (1248) band etgan.

Top