09:05 / 03.09.2015
2743

Olimlar Yer yuzidagi daraxtlar sonini hisoblab chiqishdi

Yer sayyorasida 3 trillionga yaqin daraxt o‘sishi, har yili esa 15 milliardga yaqini kesilishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Nature jurnalidagi maqolada ma'lum qilingan

Bungacha daraxtlar soni 400 mlrd dona atrofida deb hisoblanayotgan edi. Biroq Amazonka daryosi vodiysidagi hududlarda daraxtlar zichligi dastaki hisoblanganda shu yerning o‘zida 390 milliardga yaqin daraxt o‘sishi ma'lum bo‘ldi.

Yangi tadqiqotda barcha qit'alarda 400 mingdan ko‘proq hududda o‘lchashlar olib borildi. Daraxtlar, shuningdek, cho‘l, tundra, o‘tloq va yaylovlarda ham topildi.

Tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilish asnosida olimlar laraxtlarning umumiy soni insoniyat tamadduni boshidan 45 foizga kamayib ketganini hisoblab chiqdi. “Insoniyat ta'sirining miqyoslari aqlbovar qilmas darajada ulkan”, deb aytmoqda maqolada ekolog Tomas Krouter.

Top