16:29 / 04.09.2015
2565

«Barselona» sport direktori: Messi bir umr bizning jamoa uchun o‘ynaydi

"Barselona" jamoasi sport direktori Robert Fernandes jamoaning argentinalik hujumchisi Lionel Messi hech qachon transferga qo‘yilmasligini ma'lum qildi.

"Barselona" Messini sotishi mumkinligi ehtimollari umuman yo‘q, u bir umr klubimizda o‘ynaydi.

Afsuski, u "Barselona"da abadiy o‘ynay olmaydi. Ammo oldinda hali ko‘p vaqt bor.

Odam yoshi o‘tgani sari mahoratini yo‘qotib borishi mumkin. Ammo Messi har doim yuksak o‘yin namoyish etish darajasida aqlli futbolchi. Unda shunday iqtidor bor.

Messi kabi futbolchini yana topish mumkin emas. U erishgan narsalarga ilgari hech kim yetisha olmagan. Uning statistikasi, gollari va sovrinlariga qarang. Shundan siz buni takrorlashning imkoni yo‘qligini ko‘rasiz", - deydi Fernandes.

Top