18:10 / 04.09.2015
5194

Bloomberg: Rossiyaning arzon bug‘doyi AQShni g‘alla bozoridan siqib chiqarmoqda

Rossiya bug‘doyidan olingan yuqori hosil hamda uning boshqa mamlakatlarga arzon narxlarda yetkazib berilayotgani AQShning dunyo g‘alla bozoridan siqib chiqarilishiga olib kelmoqda, deya ma'lum qildi Bloomberg agentligi.

So‘nggi 20 yil ichida jahon g‘alla bozorida AQSh yetakchilik qilib kelayotgan edi. Biroq Rossiya qishloq xo‘jaligi vakillariga rubl qadrining ayni muddao bo‘lmoqda. Buning natijasida nafaqat bug‘doy, balki uni yetkazib berish narxlari ham pasayib bormoqda. Rossiya kompaniyalari bug‘doyni amerikalik raqobatchilaridan 16 foiz arzonroqqa sotmoqda.

Bloomberg fikriga ko‘ra, uzoq muddatli shartnomalar tuzuvchi mijozlar AQShdan Rossiya tomonga o‘tib ketmoqda.

Top