00:15 / 04.09.2015
2889

Bog‘dodda portlashlar oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bog‘dodning turli tumanlarida sodir etilgan portlashlar oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Shaharning sharqiy dahasi Amindagi bozorda yuz bergan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi yaralandi.

Shaharning sharqiy qismidagi Zafaroniy tumanidagi portlashda 2 kishi halok bo‘ldi, yana 7 kishi yaralandi. Bog‘dodning shimolidagi Sulayh tumanida yana 2 kishi halok bo‘ldi.
Yana 5 kishi Bog‘dodning shialar yashaydigan dahalaridagi 2 ta portlash oqibatida halok bo‘ldi.

Top