12:12 / 04.09.2015
4362

Cnouden: Klintonning xususiy server orqali xizmat yozishmalarini olib borgani kulguli

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning xususiy server orqali xizmat yozishmalarini olib borganini maxfiylik yuzasidan hisob-kitob qilish kulguli ekanini aytib o‘tgan. Bu to‘g‘rida Snouden “Al-Jazira” telekanaliga bergan intervyusida fikr bildirgan.

U nima uchun “maxfiy”lik maqomi berilgan xizmat yozishmalari tez-tez qariyb himoyalanmagan axborot uzatish manbalari orqali olib borilishini tushunmasligini aytgan.

AQSh hukumatining aloqa vositalari muntazam raivshda buzib kirishlar markazida qolar ekan, “Koloradodagi fermaning yuvinish xonasida saqlanayotgan qaysidir bir xususiy serverning yanada xavfsizroq ekani to‘g‘risida o‘ylash kulguli” ekanini ta'kidlab o‘tgan.

FQB sobiq davlat kotibi Hillari Klinton federal qonunlarni buzgan holda xizmat yozishmalarini olib borishda xususiy serverdan foydalangani aniqlanganidan so‘ng uning elektron yozishmalarini tekshirishni boshlagan edi.

Klinton xonimning o‘zi esa 60 mingdan ziyod jo‘natilgan xabarlarning yarmidan ko‘pi shaxsiy xarakterga ega.

Top