20:58 / 04.09.2015
5843

Dushanbedagi IIV bo‘limiga hujumni mudofaa vazirligining mobilizatsiya boshqarmasi sobiq rahbari boshqargani ma'lum bo‘ldi

Dushanbedagi ichki ishlar vazirligi bo‘limiga uyushtirilgan hujumni Tojikiston mudofaa vazirligi mobilizatsiya boshqarmasining sobiq rahbari Junaydullo Umarov boshqargani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi yuqori lavozimdagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Poytaxtdagi aeroport yaqinida militsiya postiga uyushtirilgan hujum Mudofaa vazirligi polkovnigi Junaydullo Umarov boshchiligidagi bandguruh tomonidan amalga oshirilgan”, deb ma'lum qildi manba.

Umarov kuni-kecha mudofaa vazirligi mobilizatsion boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etgan edi.

Bundan avval Dushanbe aeroporti yaqinida huquq-tartibot muassasalari xodimlari va jinoyatchilar o‘rtasida otishma yuz bergani ma'lum qilingandi. To‘qnashuv oqibatida OMONning ikki nafar jangchisi va DAN noziri halok bo‘lgan, yana bir nozir og‘ir jarohatlar olgan.

Top