15:10 / 04.09.2015
3319

YeI va AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

YeI davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy va siyosiy cheklovlar joriy qilish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, 25 oktabr kuni Lugansk va Donbass ayirmachilari mahalliy saylovlarni o‘tkazmagan taqdirda yangi sanksiyalar joriy qilinishi mumkin. Shu kuni saylovlar butun Ukraina hududida bo‘lib o‘tadi. Ukraina hukumati saylovlarni 18 oktabr kuni, ayirmachilar esa 1 noyabr kuni o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi. G‘arb siyosatchilari Rossiya ayirmachilarga kuchli ta'sir o‘tkazayotganiga ishonishadi, shu bois Ukrainaning qolgan qismi bilan bir kunda saylovlarning o‘tkazilmasligi Minsk kelishuvlarining buzilishi sifatida baholanishi mumkin.

Shu bilan birga, ayirmachilarning yetakchilari rasmiy hukumat saylo o‘tkazish muddatlarini va tartiblarini ular bilan muhokama qilmaganini iddao etmoqda.
Yaqinda Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirganini ma'lum qilgan edi.

Top