11:36 / 04.09.2015
2175

Gretsiyaga yil boshidan beri 230 mingdan ko‘proq muhojir keldi

Gretsiyaga kelayotgan muhojirlar oqimi oxirgi ikki oy ichida keskin oshib ketdi – joriy yilda bu mamlakatga kelgan muhojirlar va qochqinlar soni 230 mingdan oshib ketdi, deb ma'lum qildi Gretsiyaning flot ishlari bo‘yicha vaziri Xristos Zois 3 sentabrda bo‘lgan matbuot-anjumanda. 

Flot vazirligi tarkibiga Gretsiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ham kiradi. 230 ming muhojirdan 52 ming nafari iyul oyida keldi, deb aytgan Gretsiyaning fuqarolik huquqlarini himoya qilish ishlari bo‘yicha vaziri Antonis Makridimitris.

Uning aytishicha, mamlakatga muhojirlar oqimi beshta orol – Lesbos orqali muhojirlarning yarmi, Xios orqali 14 foizi, Samos orqali 12 foizi, Kos orqali 28 foizi va Leros orqali muhojirlarning kichik qismi kelmoqda.

“Biz bunday oqimga tayyor emasdik”, deb tan olgan Makridimitris. Uning aytishicha, Gretsiya muhojirlarning bolalarini sut bilan ta'minlash uchun yetkazib beruvchilardan 9 mln yevro qarz bo‘lib qolgan.

Shuningdek, muhojirlar oqimi orollarning iqtisodiyotiga keskin zarba berdi –sayyohlik darajasi keskin pasayib ketdi, deb ma'lum qilgan mamlakatning iqtisodiyot, infrastruktura, flot va sayyohlik vaziri Nikos Xristodulakis. Uning aytishicha, sayyohlar oqimi 50 foizga, ba'zi joylarda esa 70 foizga kamayib ketgan. Xristodulakis bu holat sayyohlik tarmog‘ida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Top