17:44 / 04.09.2015
2451

Liviya qirg‘oqlari yaqinida yana 50 nafar muhojir cho‘kib ketdi

Liviya qirg‘oqlarida 50 nafar qochqin suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti matbuot kotibi Joel Millmanning ma'lum qilishicha, yil boshidan buyon YeIga qochish yo‘lida halok bo‘lgan muhojirlar soni 2 701 kishini tashkil qildi. 364 ming kishi Gretsiya, Italiya va Ispaniyaga suzib borishga ulgurdi.

Top