06:19 / 04.09.2015
2813

Saudiya Arabistoni qiroli Rossiyaga oktabr-noyabr oylari tashrif buyurishi mumkin

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Rossiyaga 2015 yilning oxirigacha tashrif uyushtirmoqchi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“Biz Saudiya tomonga taklif yubordik, Ar-Riyoddan davlatlar yetakchilarining ishchi jadvallarini moslashtirish bo‘yicha takliflar kutib qolmoqdamiz”, deb aytdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi manba.

Manba, shuningdek, qirol oktabr-noyabrda tashrif buyurishi ehtimoli ko‘proq deb aytdi.

Avvalroq Lavrov Saudiya Arabistoni qiroliga Rossiyaga tashrif buyurishi haqida taklif bildirilganini tasdiqlagan edi.

Top