22:43 / 04.09.2015
4281

Urganchdan qochib kelayotgan o‘g‘ri Toshkentda kirakashni tunab, qo‘lga tushdi

Urganchlik 30 yoshli Sherzod Artiqov mast holda o‘g‘irlikka qo‘l urib, Toshkentga qochib keldi, ammo bu yerda ham o‘g‘rilik sodir etishga harakat qilib, huquq-tartibot xodimlari qo‘liga tushdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Artiqov bir qarindoshining uyiga borib, u yerda xonadon kelinining yolg‘izligini ko‘rgan va vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilgan. U kelinni qo‘rqitib, 100 dollar, 50 ming so‘m, narxlari 700 ming va 100 ming bo‘lgan ikkita telefonni olib, uydan chiqib ketgan. O‘z uyiga borishga qo‘rqib, Toshkentga yo‘l olgan.

Top