09:26 / 04.09.2015
2301

Verizon mobil operatori 15 yil ichida ilk bor o‘z logotipini o‘zgartirdi

Verizon mobil operatori 15 yil ichida ilk bor o‘z logotipini o‘zgartirdi. Logotipni kim yaratgani ma'lum qilinmagan.

Operatorning avvalgi logotipini Bell Atlantic kompaniyasi Verizon’ga aylangandan keyin 2000 yilda Landor Associates studiyasi yaratgan edi. Shuningdek, shu yilning yanvarida kompaniya Wieden & Kennedy reklama agentligi bilan ham hamkorlik qila boshlagan.

“Yangi firma uslubi Verizon’ning avvalgi logotipidan eng yaxshi jihatlar – rang, "galochka"ni olib, uni yangi davr uchun o‘zgartirdi. Eng asosiysi yangi logotip bizning tariximizga hurmatni bildiradi va chalkashlik, javobgarlikdan bosh tortish va ko‘ngil qolish oddiy holatga aylangan joyda oddiylik, rostgo‘ylik va xursandchilikni namoyon qiladi”, deb yozilmoqda kompaniya xabarlarida.

Top