17:00 / 04.09.2015
3419

Yaponiya va Rossiya investitsiyalarni uchinchi tomon ta'siridan himoyalash uchun dollar o‘rniga iyenadan foydalanmoqchi

Yaponiya amaliy xavf-xatarlar darajasini kamaytirish uchun Rossiyaga hisob-kitoblarni Amerika dollarida emas, iyena olib borishni taklif etadi, deya ma'lum qildi Yapon xalqaro hamkorlik banki yetakchi boshqaruv direktori Tadasi Maeda Sharqiy iqtisodiy forumi chog‘ida.

“Biz rossiyalik sheriklarimizga yapon iyenasidan qo‘shimcha valyuta sifatida foydalanib ko‘rishni taklif qilamiz”, – deya e'lon qildi Maeda “Davlatlar muloqoti: Rossiya – Yaponiya” aylana stoli yig‘ilishida.

O‘z navbatida, Rossiya Tashqi iqtisodiy banki raisi o‘rinbosari Andrey Sapelin Rossiya bunday g‘oyani allaqachon ko‘rib chiqishni boshlaganini ma'lum qildi.

“Biz investitsiyalarga uchinchi tomon ta'sir ko‘rsatishidan himoyalashga xizmat qiladigan hamkorlik vositalarini ishlab chiqmoqdamiz”, – dedi u.

Top