23:38 / 05.09.2015
3262

Angliya terma jamoasi 2016 yilgi Yevropa chempionatining final bosqichiga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi

Angliya terma jamoasi 2016 yilgi Yevropa chempionatining final bosqichiga chiqqan birinchi jamoa bo‘ldi. 5 sentabrda inglizlar mehmonda San-Marino terma jamoasini 0:6 ko‘rinishdagi yirik hisobda mag‘lub etdilar. 

To‘plardan birini Ueyn Runi kiritdi hamda Angliya terma jamoasi uchun kiritgan to‘plari soni bo‘yicha Bobbi Charltonning rekordini takrorladi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida o‘zining 49-to‘pini kiritdi.
Shuningdek, ushbu o‘yinda “Arsenal” o‘yinchisi Teo Uolkott dublga erishdi.

Yevro-2016. E guruhi. 7- tur
San-Marino – Angliya – 0:6
Gollar: Runi, 13 (0:1, pen); Brolli, 30 (0:2, avtogol); Barkli, 46 (0:3); Uolkott, 68 (0:4); Keyn, 77 (0:5); Uolkott, 78 (0:6).
Ogohlantirish: Berardi, 12 (San-Marino).

Ushbu guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Estoniya o‘z qo‘shnisi Litva ustidan 1:0 hisobida minimal ustunlikka erishdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni 71-daqiqada Konstantin Vasilev kiritdi.

Estoniya – Litva – 1:0
Gol: Vasilev, 71 (1:0).
Ogohlantirishlar: Pure, 79; Dmitriyev, 87 – Matulyavichus, 30; Jalyukas, 65; Chesnauskis, 69.

E guruhidagi vaziyat: 1. Angliya – 21 ochko (7 o‘yin); 2. Shveytsariya – 12 (6); 3. Estoniya – 10 (7); 4. Sloveniya – 9 (6); 5. Litva – 6 (7); 6. San-Marino – 1 (7).

Top