17:28 / 05.09.2015
2313

Del Boske: De Xea klub tarkibida o‘ynamasa, termaga jalb qilinmasligini tushuntirdim

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske darvozabon David De Xeaning “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibidan tushib qolishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

“Men De Xeaga, agarda u klub tarkibida o‘ynamasa, termaga jalb qilinmasligini tushuntirdim”, - dedi u.
Shuningdek, u boshqa darvozabon – Viktor Valdesning termadagi taqdiriga ham to‘xtalib o‘tdi: “Men bu masalada uzoq o‘yladim. Uni taklif qilish uchun biroz jasoratimiz yetmadi nazarimda. Valdes Kasilyas va Reynadan keyingi uchinchi darvozabon bo‘lganida ishga bo‘lgan munosabati yuqori darajada edi”.

Top