16:14 / 05.09.2015
7054

General Nazarzoda tarafdorlari bilan to‘qnashuvlarda Tojikistonning 9 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi

General Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davomida Tojikiston IIVning 9 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Nazarzoda guruhiga mansub 32 kishi qo‘lga olingan, 13 kishi yo‘q qilingan. Guruh a'zolari yonidan 500dan ortiq qurol birligi topilgan.
Yana 6 nafar IIV xodimi yaralangani aytilmoqda.
Ayni paytda Nazarzoda 7-8 tarafdori bilan Romitda yashiringan. Ularni tutish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda.

Top