09:36 / 05.09.2015
3496

Janubiy Koreya karaokesida KXDRning vatanparvarlik qo‘shiqlari borligi aniqlandi

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi deputati Xong Mun Puning ta'kidlashicha, Seul markazidagi karaokeda Shimoliy Koreyaning vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarini buyurtma berish mumkin. Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, karaoke barlarida “Yashasin Kim Chen Ir”, “Buyuk sardorga shon-sharaf”, “Xalq jannatida yashash yaxshi” singari kompozitsiyalarni buyurtma berish mumkin.
“Bu karaoke mashinalari aql va fikrimizni sindirishga qodir. Ular zaharli qo‘ziqorin misol Koreyaning 50 mln fuqarosini zaharlashi mumkin”, - dedi deputat.

Hozircha Seulning xitoylik va KXDRlik muhojirlar yashaydigan hududlaridagi ikkita mashinada bunday ashulalar topilgan. Deputatning tan olishicha, ularni aniqlash uchun odamlar yollanib, karaoke barlariga yashirincha yuborilgan.

Top