18:17 / 05.09.2015
3541

Kirbi Saymon jamg‘armasi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga yordam ko‘rsatdi

29 avgust kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatchisi Brayan Anselman Kirbi Saymon jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan moddiy yordamni Mirobod tumanidagi O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga a'zo 225 kam ta'minlangan oila vakillariga yetkazdi. Brayan jamg‘armadan grant olib, ushbu mablag‘larni ko‘zi ojizlar jamiyatiga yordam tariqasida topshirdi.
Kirbi Saymon nomli xayriya jamg‘armasi 1995 yilda Tayvanda halok bo‘lgan diplomat Kirbi Saymon nomini olgan. Tashkilotning vazifasi diplomatik missiyalar va ularning oilalariga ko‘mak ko‘rsatish, ularning professional faoliyati uchun kengroq imkoniyatlar ochib berishdir.

Top