10:33 / 05.09.2015
5894

KUN.UZ dayjesti: 4 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

E'tiboringizga 4 sentabr kuni o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlarni takroran havola etamiz.

Xitoylik ayol lag‘mon yeyayotganda 15 santimetrli qoshiqni yutib yubordi>>

Xitoyning Tszyansu viloyatidagi Yanchjou shahri shifokorlari bir ayolning oshqozonidan 15 santimetrlik qoshiqni chiqarib olishdi. 

OAV: to‘ylarda Love Story namoyish etish urf bo‘lmoqda>>

Bugungi kunda O‘zbekistonning turli burchaklarida bo‘layotgan to‘ylarda yangicha urf-odatlar joriy etilmoqda. Jumladan, yirik shaharlarda kelin-kuyovning sevgi qissasi aks etgan videolavhalar – Love Story namoyish etish, yoshlarning vals tushishi urf bo‘lmoqda.

Ronaldu reklama ko‘rinishidagi har bitta tviti uchun 230 366 yevro miqdorida haq oladi>>

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Twitter ijtimoiy tarmog‘ida yozgan tvitlari uchun ishlab topadigan mablag‘lari miqdori aniq bo‘ldi.

Solikamskdagi jarlik 9 oy ichida 25 barobarga kengayib ketdi>>

Rossiyaning Permsk o‘lkasidagi Solikamskda yer o‘pirilishi natijasida hosil bo‘lgan jarlik 9 oy ichida 25 barobarga kengayib ketdi. Dastlab uning o‘lchovlari 20 m ga 30 m ni tashkil qilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkichlar 122 m ga 125 m ni tashkil qilmoqda.

Eng arzon internetga ega mamlakatlar reytingi e'lon qilindi>>

Content Review internet xizmatlari eng arzonga ko‘rsatiladigan davlatlar reytingini e'lon qildi. Bu haqda agentlikning matbuot xabarnomasi orqali ma'lum qilindi.
Agentlik 50 mamlakatdagi mobil internet narxlarini qiyoslab chiqdi.

Toshkent-Qarshi yo‘nalishida harakatlanadigan "Afrosiyob" poyezdining chipta narxlari ma'lum bo‘ldi>>

5 sentabrdan "Afrosiyob" tezyurar poyezdi Toshkent - Samarqand - Qarshi yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.

Qozog‘istonlik 56 yoshli ayol to‘lanmagan kreditlar sababli o‘zini yoqib yubordi>>

Qozog‘istonning Turkiston shahrida 56 yoshli ayol o‘z ustiga benzin quyib, yoqib yubordi. O‘t maktab ishchilari va o‘quvchilar tomonidan o‘chirilib, ayol shifoxonaga yetkazilgan.

Putin Stiven Sigal bilan jang qilishdan bosh tortdi>>

XXR davlat kengashi prezidentining o‘rinbosari Van Yan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mashhur amerikalik aktyor Stiven Sigal bilan ringga chiqishni taklif qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Bred Pitt va DiKaprio Kaliningrad gubernatorining saylovoldi promo-roligida “suratga tushdilar”>>

Bred Pitt, Krishtianu Ronaldu, Kichik Robert Dauni, Bryus Uillis, Vin Dizel va boshqa ko‘plab jahon yulduzlari o‘zlari bilmagan holda Kaliningrad gubernatori Nikolay Tsukanovning saylovoldi piar-kompaniyasida paydo bo‘ldilar.

IShID o‘zbekistonlik malakali ishchilarni o‘z saflariga jalb qilmoqda>>

IShID terrorchi tashkilotining O‘zbekiston hududidagi yashirin guruhlari o‘z tarkibiga malakali ishchilarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Ularning bunday harakatlariga qarshi respublika huquq-tartibot kuchlari kurashmoqda.

Misrlik milliarder muhojirlar uchun orol sotib olib berishga tayyorligini ma'lum qildi>>

Misrlik milliarder Nagib Saviris o‘zining tvitterida Yevropa Ittifoqiga kelayotgan muhojirlarni joylashtirish va ularga yashash uchun sharoitlarni yaratish maqsadida Gretsiya yoki Italiyadan orol sotib olish niyatidaligini bildirib o‘tdi.

Top