16:06 / 05.09.2015
3546

Poroshenko: Do‘stlar, nihoyat Donbassda o‘q otilmagan birinchi hafta o‘tdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbasdagi o‘q otishlarsiz birinchi hafta o‘tib borayotganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».
“Menda siz uchun yoqimli yangilik bor: bugun birinchi hafta, do‘stlar, frontda o‘q otilmagan birinchi hafta, nihoyat Minsk kelishuviga amal qilinish boshlandi”, – dedi Poroshenko.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, odamlar qator portlashlarda halok bo‘lishda davom etmoqda, biroq mazkur hafta mojarolarning to‘xtashiga “mo‘rt umid” bag‘ishlamoqda.

Top