18:01 / 05.09.2015
3212

Sankt-Peterburgda yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionatiga start berildi

4 sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi. AIBA Junior World Boxing Championships St. Petersburg 2015 musobaqasi Yevropadagi yirik yopiq sport majmualaridan biri — Sport-konsert kompleksi (SKK)da bo‘lib o‘tmoqda.
Unda dunyoning 58 mamlakatidan 400 nafardan ziyod yosh bokschilar ishtirok etayotir.
Ishtirokchi mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha: Ukraina, O‘zbekiston, Rossiya, Angliya, Tojikiston, Norvegiya, Gruziya, Avstriya, Meksika, Braziliya, Vengriya, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Tunis, Bahrayn, Litva, Isroil, Hindiston, Latviya, Kuba, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ruminiya, Filippin, Italiya, Xitoy, Tailand, Estoniya, Slovakiya, Kanada, Argentina, Mo‘g‘iliston, Puerto-Riko, Yangi Zelandiya, Finlyandiya, Quvayt, Irlandiya, Chexiya, Bosniya va Gertsegovina, Jazoir, Moldova, Fransiya, Ispaniya, Avstraliya, Albaniya, Polsha, Shvetsiya, Kipr, Sloveniya.
5-12 sentabr kunlari 14:00dan 20:00ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Top