15:21 / 05.09.2015
2923

Sigal urg‘ochi qoplonga Chingizxon rafiqasining ismini berdi

Amerikalik aktyor Stiven Sigal Vladivostokda bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forumga tashrifi doirasida bu yerda istiqomat qiluvchi urg‘ochi qoplonlardan biriga o‘rta asrning buyuk sarkardasi Chingizxonning rafiqasining ismini berdi. Bu haqda “Zemlya leoparda” milliy bog‘i matbuot xizmati xabar berdi.

Sigal Uzoq Sharq qoplonlari populyatsiyasini saqlab qolish muammosidan xabar topib, bu masalaga jiddiy qiziqib qoldi. Aktyor 30-70 atrofidagi individning populyatsiyani saqlab qolishga yetmasligini ta'kidlab o‘tdi. Sigal yirtqichlarga yordam berish istagini bildirdi. Bunga javoban unga qoplonlardan biriga nom berib, uning “saqlovchisi”ga aylanishni taklif qilishdi. Aktyor Leo 16F raqamli urg‘ochi qoplonni tanlab, unga Queen Borte (qirolicha Borte) laqabini berdi.


Milliy bog‘ direktori Tatyana Baranovskaya taniqli aktyorning ishi qoplonlar muammosiga jahon hamjamiyatining diqqatini tortishiga umid bildirdi.
Borte Chingizxonning birinchi rafiqasi bo‘lib, uning 4 nafar o‘g‘li va 5 nafar qiziga onalik qilgan.

Top