10:35 / 05.09.2015
4290

XXR: sanksiyalar Rossiya va Xitoy munosabatlariga salbiy ta'sir o‘tkazmaydi

G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari Pekin va Moskvaning munosabatlariga salbiy ta'sir o‘tkazmaydi. Bu haqda XXR davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Van Yan bayonot berdi.

“Bizning hamkorligimiz sanksiyalarning salbiy ta'siriga tushmadi. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar ikki tomonlamadir va u boshqa davlatlarga aloqador emas”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top