23:19 / 06.09.2015
11206

Dunyo olimlari eng yoqimtoy jonivorni tanlamoqda

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida dunyodagi eng yoqimtoy mavjudotni qidirish bo‘yicha fleshmob davom etmoqda. Sayyoraning turli burchaklarida yashovchi odamlar #CuteOff xeshtegi yordamida o‘zlari yoqimtoy deb sanagan jonivorlarning suratlarini tarmoqqa joylashtirmoqda.

Olimlar internet foydalanuvchilariga murojaat qilib, faqat it va mushuk bolalariga yopishib olmay, boshqa jonivorlarga ham e'tibor qaratishni so‘rashdi.
Fleshmobni biolog Anna Xilborn boshlab berdi. So‘ng biologlar va ekologlar nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha tashabbusni o‘z zimmalariga oldilar. Ammo tarmoqning oddiy foydalanuvchilari ham mamnuniyat bilan ularga qo‘shildilar.

 

 

Top