11:30 / 06.09.2015
10513

Emomali Rahmon Vahdatga bordi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlariga qarshi kurash ketayotgan Vahdat (Dushanbedan 20 km sharqda) shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Rahmon shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan tanishadi va bir qancha muhim obektlarning ekspluatatsiyaga topshirilish marosimida ishtirok etadi.
Shu bilan birga, taxmin qilinishicha, Tojikiston yetakchisi maxsus operatsiyasi rahbarlari bilan uchrashib, qurollangan guruhlarga qarshi kurash qanday olib borilayotgani bilan tanishib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, IIV xodimlari va harbiylarning Nazarzoda tarafdorlari bilan to‘qnashuvlarida 17 kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.

Top