11:16 / 06.09.2015
2457

Yevro-2016. Saralash bosqichi, S guruh: Ispaniya Slovakiyani mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

5 sentabr kuni Yevro-2016 saralash bosqichining S guruhidan o‘rin olgan Ispaniya-Slovakiya uchrashuvi Ovedoda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:0 hisobida ispanlar foydasiga hal bo‘ldi.

Ispanlar uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Xordi Albaning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldilar. 30-daqiqada Diyego Kostaga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan 11 metrlik jarima to‘pini Andres Inesta bexato amalga oshirdi.
Bundan keyin ham ikkala jamoada yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, biroq ulardan birortasi ham bundan foydalana olmadilar.
Ispanlar ushbu g‘alabalari evaziga slovaklarni qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldirib, guruhda 1-o‘ringa chiqib oldilar.

Yevro-2016. Saralash bosqichi. C guruhi. 7-tur
Ispaniya – Slovakiya – 2:0
Gollar: Alba, 5 (1:0); Inesta, 30 (2:0, pen).
Ogohlantirishlar: Kozachik, 29; Tesak, 83 (Slovakiya)

Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Ukraina Belarusni yutdi. Lvovda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ukrainaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondilar. Ukrainalik futbolchilar tanaffusgacha barcha uchta to‘pni kiritib bo‘ldilar: to‘plarni Artyom Kravets, Andrey Yarmolenko va Yevgeniy Konoplyanka (penalti) kiritdilar. 2-bo‘limda mehmonlar bir javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldilar – Sergey Kornilenko 11 metrlik jarima to‘pini bexato amalga oshirdi. Ukraina terma jamoasi o‘yinni 10 kishi bo‘lib tugatishga majbur bo‘ldi – qo‘shimcha vaqtda Denis Garmash 2-sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Ukraina – Belarus – 3:1
Gollar: Kravets, 7 (1:0); Yarmolenko, 30 (2:0); Konoplyanka, 40 (3:0, pen); Kornilenko, 62 (3:1, pen).
Ogohlantirishlar: Garmash, 14; Xacheridi, 61; Rotan, 64 – Sivakov, 40; Martynovich, 79.
Chetlatish: Garmash, 90+2 (Ukraina)

Guruhdagi 3-o‘yinda Makedoniya mehmonda 1:0 hisobida Lyuksemburgga yutqazdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni qo‘shimcha vaqtda Sebastyan Till kiritdi.

Lyuksemburg – Makedoniya – 1:0
Gol: Till, 90+2 (1:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Abdurahimiy, 85 (Makedoniya).
Ogohlantirishlar: Martins, 43 – Juta, 31; Ristovski, 40; Abdurahimiy, 55; Ristevski, 90+2.

7-turdan keyin S guruhidagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Ispaniya — 18 (7 ta o‘yin); 2. Slovakiya — 18 ochko (7 ta o‘yin); 3. Ukraina — 15 (7); 4. Belarus — 4 (7); 5. Lyuksemburg — 4 (7); 6. Makedoniya — 3 (7).

Top