01:01 / 06.09.2015
2994

Futbol bo‘yicha Belarus terma jamoasi muxlislari ukrainalik harbiylar uchun qon topshirdilar

Futbol bo‘yicha Belarus terma jamoasi muxlislari Donbassda jang qilayotgan ukrainalik harbiylar uchun qon topshirdilar. Bu haqda Matchday nashri xabar berdi.

Ushbu tadbir Yevropa chempionati saralash bosqichining Ukraina va Belarus terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval o‘tkazildi. Ikkala terma jamoa muxlislari, shuningdek, o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish va birgalikda stadiongacha yurib borishni rejalashtirishdi.

1 sentabr kuni Donbassda tinchlik sulhi e'lon qilindi. Bunga 26 avgustda Minskda kontakt guruhi ishtirokchilarining uchrashuvidagi og‘zaki kelishuv hisobiga erishildi.

Top