16:43 / 06.09.2015
6271

IShIDning 2 qo‘mondoni Iroq harbiylari tomonidan o‘ldirildi

IShID guruhiga mansub 20dan ortiq jangari Iroq harbiy vertolyotlari uyushtirgan hujumlar davomida yo‘q qilindi. Bahraynning “Al-Vasat” nashrida yozilishicha, operatsiya Kirkuk va Diyala viloyatlarining chegarasida o‘tkazilgan.

O‘ldirilganlar ichida 2 nafar qo‘mondon ham bor. Bular asli saudiyalik bo‘lgan, yangi jangarilar to‘plashga mas'ul Muhammad Qosim al-Vohim hamda motobatalon qo‘mondoni, asli saudiyalik Abdulla al-G‘animiydir.
Vertolyotlar qurol olib ketayotgan 4 pikapni portlatib yuborgan.

Top