Moldova poytaxti Kishinyovda hukumatga qarshi o‘tkazilayotgan miting 100 ming kishini to‘pladi. Bu haqda Interfaks agentligi aksiya faollariga tayangan holda ma'lumot berdi. Politsiya vakillari, o‘z navbatida, bu sonning 20-25 ming kishiga teng bo‘lganini aytmoqda.
Miting “Adolat va g‘urur” tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad prezident Nikolaye Timoftining iste'fosiga erishish va navbatdan tashqari parlament saylovlarini 2016 yil martiga ko‘chirishdir.
6 sentabr kechasi aksiya ishtirokchilari prezident, bosh vazir va parlament vakillariga o‘z talablarini e'lon qilmoqchi.