17:50 / 06.09.2015
10375

Klyuyvert: Messi Ronaldu oldida qarzdor

“Barselona” jamoasining sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvertning fikricha, Krishtianu Ronaldu bo‘lmaganida Lionel Messi bu qadar kuchli o‘yin namoyish qilmas edi.
“Messi boshqa olam o‘yinchisiday go‘yo, lekin unga Krishtianu Ronaldu darajasidagi raqib kerak. Barselona hozir faqat bitta yetakchi o‘yinchi bor Messi. Mening davrimda bunday o‘yinchilar bir nechta edi”, - dedi 39 yoshli gollandiyalik yulduz Voetbal Zone nashriga bergan intervyusida.

Top