10:55 / 06.09.2015
6896

KUN.UZ dayjesti: 5 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

E'tiboringizga 5 sentabr kuni o‘quvchilar tomonidan faol ravishda muhokama qilingan xabarlarni takroran havola etamiz.

Keyingi hafta AQSh Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin>>

Keyingi hafta AQSh Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, bunga sabab sifatida ushbu kompaniyalarning AQSh moliyaviy tuzilmalari va yirik korporatsiyalariga qarshi xakerlik hujumlariga aloqadorligi ko‘rsatilgan... batafsil.

“Suvsoz” Toshkent shahrining ba'zi tumanlarida sovuq suv vaqtinchalik o‘chirilishi va bosimining kamayishini ma'lum qildi>>

“Suvsoz” DUK Toshkent shahri sovuq suv quvurlari tarmog‘ida ta'mirlash-profilaktik ishlar o‘tkazilishi hamda kuz mavsumiga tayyorgarchilik ko‘rish maqsadida shahar aholisiga Toshkentning ba'zi hududlarida sovuq suvning vaqtinchalik o‘chirilishi va bosimining kamayishini ma'lum qildi... batafsil.

Saakashvili Ukraina hukumatini poraxo‘rlikda aybladi>>

Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvili videomurojaat tayyorlab, unda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukka “faktlar tilida” ayblovlar qo‘ydi... batfsil.

Saudiya qiroli uchun Vashingtondagi mehmonxonaga oltin mebel olib kelindi>>

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud AQSh prezidenti Barak Obama bilan muzokaralar uchun Vashingtonga tashrif buyurdi. Bu haqda The New York Post nashri xabar bermoqda... batfsil.

OAV: AQSh razvedkasi Germaniya telekommunikatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan>>

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Germaniya telekommunikatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Spiegel online internet nashri xabar bermoqda... batafsil.

AQSh olimlari demokratik tinchlik nazariyasini inkor qildi>>

Amerikalik siyosatshunoslar demokratik tinchlik nazariyasini amaliyotga tatbiq etish imkoniyati yo‘qligini tan oldilar. Tadqiqot natijalaridan ma'lum bo‘lishicha, butun dunyoda demokratiya o‘rnatilgan taqdirda ham demokratik davlatlar o‘rtasida urush kelib chiqishi mumkin... batafsil.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning yangi “Zuhd va hayo” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi>>

“Hilol-nashr” nashriyotida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub yangi “Zuhd va hayo” kitobi hamda Qur'oni karim ma'nolari tarjimasining yangi nashri taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi... batafsil.

OAV: seriallar oilasizlikni targ‘ib qilmoqda>>

O‘zbekiston matbuotida xorijiy seriallarni tanqid ostiga olish davom etmoqda. Bu safar “Oila davrasida” gazetasida chop etilgan maqolada bunday seriallar “jyentlmenlik” niqobi ostida oilasizlikni, palapartish hayot kechirishni targ‘ib qilayotgani iddao etildi... batafsil.

Finlyandiya bosh vaziri qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi>>

Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipili qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda... batafsil. 

“Orel i reshka. Shoping” ko‘rsatuvining O‘zbekistonga bag‘ishlangan soni aksariyat o‘zbekistonliklarda salbiy taassurot qoldirdi>>

4 sentabr kuni Rossiyaning “Pyatnitsa” telekanali efirida ommaviy «Orel i reshka. Shoping» ko‘rsatuvining O‘zbekistonga bag‘ishlangan soni efirga uzatildi. Ko‘rsatuvning bu soni Samarqandda suratga olinayotgani 30 iyunda ma'lum bo‘lgan edi... batafsil.

“Sharq taronalari” festivalining yopilish marosimi mega shou tusini oldi>>

X “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bu yilgi tantanali yopilish marosimi ulug‘vor tomoshaga aylandi. Registon maydoniga yig‘ilgan yuzlab chet ellik mehmonlar hamda tomoshabinlar ansambl fasadiga tushirilgan uch o‘lchamli (3Dmapping formatidagi) g‘aroyib tasvirlar video ketma-ketligiga guvoh bo‘lishdi... video.


Top