19:48 / 06.09.2015
3137

Moldova bosh vaziri namoyishchilarning e'tirozlarini qabul qildi

Moldova bosh vaziri Valeriy Strelets hukumat binosi vestibyulida Buyuk milliy yig‘ilish maydonida norozilik namoyishida qatnashayotganlar aloqa guruhi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Jurnal TV.

Bosh vazirning aytishicha, hukumat ishchi guruh shakllantirdi. Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 17:00 da qishloq xo‘jaligi vazirligi anjumanlar zalida hukumat vakillari va aloqa guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishga qaror qilindi.

Avvalroq Kishinyov markazidagi norozilik namoyishi tashkilotchilari shaharning markaziy maydonida palatkalardan iborat shaharcha o‘rnatishlarini aytishgan. Namoyish ishtirokchilari mamlakat prezidenti Nikolaye Timoftining iste'foga ketishini va muddatidan avvalgi parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilishmoqda.

Top