17:43 / 06.09.2015
6332

Saakashvili Kolomoyskiyni Putinga o‘xshatdi

Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakashvili ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiyning ayblovlariga javob berdi. Ularning bahsi Facebook sahifalarida bo‘lib o‘tmoqda.
Ilgariroq Kolomoyskiy Gruziyaning sobiq prezidentini itga o‘xshatgan edi. Bunga javoban siyosatchi tijoratchini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘xshatdi.
“Ukraina oligarxati, Putin kabi, Ukraina davlatining tiklanishiga xalaqit bermoqda va siyosiy korrupsiyaning birlamchi manbasi bo‘lib qolmoqda”, - deb yozdi Saakashvili o‘z sahifasida.
“Oligarx meni itday uxlatib qo‘yishni taklif qildi, - so‘zida davom etdi u. - Meni sotib ololmaganlaridan keyin oligarxatga xos keyingi ssenariyga o‘tdi – tahdidlar. O‘ylaymanki, Ukraina xalqi yaqinda bu bezorilik o‘n yilliklari qoldiqlariga o‘z o‘rnini ko‘rsatib qo‘yadi”.

Top