21:14 / 06.09.2015
4223

Tojikistonda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 4 jangari yo‘q qilindi

Tojikistonda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 4 jangari yo‘q qilindi, 7 nafari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, operatsiya mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda tarafdorlari berkinayotgan tog‘li darada o‘tkazildi. Umumiy hisobda ikki kun davomida 17 nafar jangari yo‘q qilindi.

Top