08:03 / 06.09.2015
5538

Xitoy harbiy kemalari AQSh chegaralari yonidan suzib o‘tdi

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari tarixda birinchi marta Bering dengizida Alyaska shtati qirg‘oqlari yonida bo‘lib, antiqa yo‘nalish bo‘yicha AQSh hududiy suvlari orqali suzib o‘tdi, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri.

Noma'lum bo‘lib qolishni istagan AQSh harbiy vakili Xitoyning 5 ta harbiy kemasidan tashkil topgan guruh Rossiya-Xitoy birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlaridan keyin Aleut orollari yonidan taxminan 12 mil uzoqlikdan suzib o‘tgan.

Manbaning ta'kidlashicha, kemalar xalqaro huquqning hech qanday qoidasini buzmagan. U Xitoy kemalarining bunday harakatlanishini AQSh harbiy kemalarining O‘rmuz bo‘g‘ozida Eron sohillari yaqinidagi harakatlanishi bilan qiyosladi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining rasmiy vakili kommander (ikkinchi rang kapitani) Bill Urban Xitoy kemalari Tinch okeaniga chiqib ketganini aytdi. Rasmiylar ushbu holat yuzasidan boshqa ma'lumotlar berishni istashmadi.

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh uchun bu vaziyat barham topdi.

Top