16:28 / 06.09.2015
1976

Xitoyda kimyo zavodidagi portlash qurbonlari soni 13taga yetdi

Xitoy sharqidagi Shandun viloyatida joylashgan kimyo zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi. Bu haqda AP agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 5 kishini tashkil etilgani aytilgan edi.
Voqea dushanba kuni Litszin uyezdining sanoat zonasida sodir bo‘ldi.
Bir hafta davom etgan qutqaruv ishlari yakuniga yetdi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi aziyat chekkan, 11 kishi shifoxonada. Portlash sababi aniqlangani yo‘q.

Top