08:04 / 07.09.2015
3781

5-6 sentabr kunlari Avstriyaga 15 mingdan ko‘proq suriyalik muhojir keldi

Dam olish kunlari Vengriya orqali Avstriyaga kelgan suriyalik muhojirlar soni 15 mingdan oshib ketdi, deb xabar bermoqda Avstriya Ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Qayd etilishicha, qochqinlarning ko‘pchiligi Germaniyaga yo‘l olgan, faqatgina 90 kishigina Avstriya hukumatiga boshpana berilishini so‘rab murojaat qilgan.

Huquq-tartibot muassasalarining baholashicha, chegaraga kelgan muhojirlarning ko‘pchiligi chegarani kesib o‘tishgan.

Avvalroq Avstriya hukumati muhojirlar bo‘yicha favqulodda choralarni asta-seknilik bilan bekor qilish zarurligini aytgan edi.

Top