12:27 / 07.09.2015
2456

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Azar Kiprga qarshi o‘yinning eng yomon futbolchisi bo‘lganini ta'kidladi

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Vilmots Yevro-2016 saralash bahslari doirasidagi Kiprga (1:0) qarshi uchrashuvida terma jamoa yarimhimoyachisi Eden Azarning ko‘rsatgan o‘yinida norozi bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

«Azar maydondagi eng yomon futbolchi bo‘ldi. Meni uni almashtirish haqida o‘ylab turgandim, biroq so‘nggi o‘n daqiqada u kerakli natijani taqdim eta olishiga ishondim va bu amalga oshdi ham. Men undan yanada ko‘prog‘ini kutgandim, ammo u hali futbolchi sifatida o‘sishda davom etishi mumkin», – deya Vilmotsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Express nashri.

Top