21:02 / 07.09.2015
2249

Chrysler AQShda 7810 dona avtomobilini xakerlar tomonidan tahdid ehtimoli tufayli ortga chaqirib oldi

Fiat Chrysler U.S. kompaniyasi AQSh bozoriga chiqarilgan 7810 dona yo‘ltanlamas avtomobillarini multimedia tizimini yangilash va xakerlarning ehtimoliy hujumining oldini olish maqsadida ortga chaqirib oldi. Bu haqda Reyter nashrida yozilgan.

Kompaniya iyul oyida ham 1,4 mln avtomobilini dasturiy ta'minotni yangilab berish maqsadida ortga chaqirib olgandi.

Shuningdek, o‘shanda 470 ming dona Fiat Chrysler avtomobillari xakerlar qo‘liga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Top