06:12 / 07.09.2015
17511

Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvi Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi

Tojikistonda oxirgi kunlarda davlatga qarshi amalga oshirilgan qo‘poruvchiliklik harakatlariga qaramasdan, 8 sentabrda Dushanbeda 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 4-turidan o‘rin olgan “V” guruhining Tojikiston va Avstraliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.

2015 yilgi Osiyo kubogi sovrindlorlari 5 sentabrda Tojikistonga yetib keldilar va 6 sentabrda Dushanbedagi markaziy stadionda ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.

Bu orada Romit darasida sobiq mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda va uning tarafdorlarini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiya davom etmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Nazarzoda Dushanbeda yirik teraktlar amalga oshirish bilan tahdid qilgan.

Dushanbe hokimiyati qarori bilan xavfsizlik maqsadida 11 sentabrgacha Tojikiston mustaqilligi kunini nishonlash kunlarida barcha bozorlarni yopishga qaror qilindi. Ma'lum qilinishicha, oziq-ovqat bozorlari bilan bir qatorda kiyim-kechak bozorlari ham yopilgan. Tojikiston shu tariqa odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda.

Top