13:57 / 07.09.2015
2253

Mario Balotelli vaqtinchalikka haydovchilik guvohnomasidan ayrildi

Italyan politsiyasi "Milan" jamoasining yangi mavsum uchun xaridlaridan biri bo‘lmish Mario Balotellining haydovchilik guvohnomasini olib qo‘ydi.

giornaledibrescia.it nashrida yozilishicha, politsiya uni ruxsat etilmagan joyda yuqori tezlikda harakatlangani uchun to‘xtatgan.

Ma'lum qilinishicha, Mario Balotelli Breshiadagi uyidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda, soatiga 50 km tezlik bilan harakatlanish uchun ruxsat berilgan hududda soatiga 90 km tezlikda harakatlanayotganida to‘xtatilgan.

Politsiya uning haydovchilik guvohnomasini bu masala hal qilinishi va jarima to‘lanishidan keyin qaytarishini aytgan.

Top