09:29 / 07.09.2015
5117

Putin Oltoyda dam oldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dam olish kunlarini Oltoyda o‘tkazdi. Bu haqda FlashSiberia Oltoy Respublikasidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Aytilishicha, prezident jumadan yakshanbaga qadar o‘lkada bo‘lib, asosan baliq ovi bilan vaqt o‘tkazgan. U shu kunlar davomida Onguday tumanidagi o‘z qarorgohida turgan.
Oxirgi marta Putin Oltoyda iyun oyining oxirida dam olgan edi.

Top