00:40 / 07.09.2015
4707

Emomali Rahmon: Tojikistonda terrorchilarni bartaraf qilish bo‘yicha operatsiya yaqin kunlarda o‘z nihoyasiga yetadi

Tojikiston kuchishlatar tuzilmalarining hukumatga qarshi qurollangan guruhni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha operatsiyasi yaqin kunlarda yakunlanadi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 6 sentabrda Vaxdat aholisi oldidagi chiqishi davomida ma'lum qildi. Rahmon bu yerga ishchi tashrif bilan kelgan.

Tojikiston yetakchisi yoshlarning bir qismining terrorchilik guruhlarga, jumladan, “IShID”ga jalb qilinganligi borasida xavotir bildirdi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 500 ga yaqin fuqarosi “IShID” safiga qo‘shilgan.

Rahmon Vaxdat militsiya bo‘limi va Tojikiston Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga uyushtirilgan terrorchilik hujumlari xususida gapirar ekan, “yaqin orada ozodlikda yurgan terrorchilar qo‘lga olinishi va operatsiya yakunlanishini” ta'kidlab o‘tdi.

Tojikiston IIV matbuot markazi bergan ma'lumotlarga ko‘ra qurolli to‘qnashular davomida 13 jangari yo‘q qilindi, 35 dan ko‘prog‘i hibsga olindi. Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi guruhning qolgan ishtirokchilarini qidirish ishlari borilmoqda.

Top