21:05 / 07.09.2015
3474

Turkiya armiyasi maxsus qo‘shinlari jangarilarga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda

Turkiyaning Xakkariy viloyatida 6 sentabrda Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari harbiy kolonnaga hujum qilishdi. 7 sentabr kuni terrorchilar bilan yangi to‘qnashuvlar yuz berdi. “XabarTurk” telekanalining ma'lum qilishicha, armiyaning bir necha maxsus bo‘linmalari Shomdinli uyezdiga hududni teroorchilardan tozalash uchun yetib kelishgan. 

Harbiylar Shomdinli-Yuksalova trassasi bo‘yicha qatnovni to‘sib qo‘yishgan va vaqti-vaqti bilan jangarilar bilan otishmaga kirishmoqda. Mahalliy qishloqlar aholisi o‘z uylarini tark etishgan va qo‘shni uyezdlarga evakuatsiya qilinganlar.
Qo‘shni Doglija uyezdida jangarilarni qidirish va yo‘q qilish bo‘yicha yirik operatsiya amalga oshirilmoqda.

Operatsiyada maxsus bo‘linmalar jangchilari, harbiy vertolyotlar ishtirok etmoqda. Kechki payt Turkiya harbiy-havo kuchlari viloyatdagi Kurdiston ishchi partiyasining pozitsiyalariga 13 ta aviazarba berdi.

6 sentabrdagi hujum oqibatida 16 harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

Top