19:26 / 08.09.2015
1875

AQSh Somalidagi diplomatik missiyasi ishini qayta boshlamoqda

AQSh Somalidagi diplomatik missiyasi ishini qayta boshlamoqda, deb ma'lum qildi 8 sentabrda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi. 

“Yangi missiya AQShning Somali bilan ikki tomonlama munosabatlarini normallashtirishdagi sa'y-harakatlarini aks ettiradi. Bu munosabatlar 2013 yil 17 yanvardan ushbu davlat federal hukumatining tan olinishidan beri davom etib kelmoqda. AQShning Somalidagi missiyasi AQShning Keniya poytaxti Nayrobidagi elchixonasida joylashadi, unga AQSh prezidenti AQShning Somalidagi elchisini tayinlab, senat ma'qullamagungcha muvaqqat ishonchli vakil boshchilik qiladi”, deb aytdi Kirbi.
Kirbining ta'kidlashicha, diplomatik missiya o‘z ishini boshlashi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Somali poytaxti Mogadishoga kelishidan oldin e'lon qilgan AQShning Somalidagi diplomatik joylashuvi tiklanishidagi yana bir qadamdir.

Somali 1991 yildan markaziy hukumatga ega yagona davlat sifatida mavjud bo‘lishdan to‘xtagan. 1960-yillar oxiridan beri hukmronlik qilgan Siad Barre rejimi qulagandan keyin Somali anarxiyaga botib, tezda bir qator soxta davlat tuzilmalariga bo‘linib ketgan edi.

Top