16:11 / 08.09.2015
2736

Babayan Filippinga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibga Stanislav Andreyevni kiritdi

Filippinda mezbonlar va O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtasida 2018 yilgi JCh va 2019 yilgi OK uchun saralash doirasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkibda tushadigan futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining tvitterdagi akkauntida ma'lum qilingan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Yamanga qarshi o‘yindagi tarkibga nisbatan ikkita o‘zgarishni amalga oshirgan. O‘tgan o‘yinda birinchi daqiqalardanoq maydonda harakat qilgan Javohir Sohibov va Eldor Shomurodov o‘rnida bu o‘yinda Aziz Haydarov va Stanislav Andreyev asosiy tarkibdan o‘rin egallagan.

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Rashidov, Odil Ahmedov, Server Jyeparov, Stanislav Andreyev, Aziz Haydarov, Igor Sergeyev.

Top