14:42 / 08.09.2015
3191

"DXR" Ukrainaga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatdi

"Donetsk xalq respublikasi" Ukrainaga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatdi.

"2 sentabr kunidan boshlab Ukrainaga energetik ko‘mir yetkazib berilishi to‘xtatildi. Ukraina biz bilan siyosiy doirada munosabat o‘rnatmayapti. Bu esa iqtisodiy munosabatlarga ta'sir ko‘rsatadi", deb ma'lum qilgan DXR transport vaziri Semen Kuzmenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Ukraina tomonidan shu yilning iyul oyida Donbass hududiga dizel yoqilg‘isi yetkazib berish to‘xtatilgani bilan ham bog‘liq.

"Iyul oyida Ukraina bizga dizel yoqilg‘isi yetkazib berishni butunlay to‘xtatgandi. Shu tufayli temiryo‘l sohasida yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan. Ayni vaqtda mavjud lokomotivlarning 32 foizigina harakatlanish imkoniga ega", deya vaziyatni tushuntiradi vazir.

Top