08:36 / 08.09.2015
1957

Misr falastinlik ziyoratchilar uchun G‘azo sektoridagi chegarasini ochdi

Misr hukumati Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka va Madina shaharlarini haj mavsumida ziyorat qiluvchi falastinliklar uchun G‘azo sektori bilan chegarasini bir necha kunga ochdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Vaqf (diniy mol-mulk) vazirligining rasmiy vakili Adham Beltaji bergan ma'lumotga ko‘ra, Falastin-Misr chegara punkti maxsus ziyoratchilar uchun ochildi. To‘rt kun davomida 3 ming nafar kishi Misr hududida Makkaga o‘tishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur “Rafax” chegara punkti G‘azo mintaqasidagi teraktlar sababli yilning katta qismida yopib qo‘yiladi.

Top