23:19 / 08.09.2015
5131

Osiyoda JCh-2018 saralashining ikkinchi bosqichida 4 tur o‘yinlari o‘tkazildi

8 sentabr kuni Osiyoda 2018 yilgi jahon chempionati va 2019 yilgi Osiyo kubogi uchun saralash o‘yinlarida ikkinchi bosqichning 4 tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Biroz oldinroq, “N” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi uchinchi o‘yinini safarda Bahraynga qarshi o‘tkazgan va 5:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Yaman Bahraynni qabul qildi va 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Guruhning beshinchi vakili Shimoliy Koreya esa bu turda dam oldi.

Ayni vaqtda Shimoliy Koreya 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. O‘zbekiston esa 6 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Filippin oldingi turlarda 6 ochko to‘plagan bo‘lsada, to‘plar nisbatiga ko‘ra uchinchi bo‘lib turibdi. Yamanni mag‘lub etgan Bahrayn esa o‘zining ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Filippin - O‘zbekiston — 1:5

Gollar: Odil Ahmedov (1), Sardor Rashidov (14, 81), Igor Sergeyev (43, 65) - Shrok (69)

Yaman – Bahrayn 0:4

Gollar: Muhammad (30, penalti), Al Husayn (45), Umar (65), Adnan (77)

 

"A" guruhi

A guruhida sensatsiya qayd etildi. O‘tgan turda Malayziya darvozasiga 10ta javobsiz gol yo‘llagan BAA terma jamoasi bu turda Falastin darvozasiga bironta ham gol ura olmadi - 0:0. Guruhning ikkinchi o‘yini Malayziya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yin esa muxlislarning tartibsizliklari tufayli yakunlanmay qoldi.

Ayni vaqtda BAA 3ta o‘yindan 7 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda joylashgan. Ikkinchi o‘rinda 6 ochkosi bilan Saudiya Arabistoni turibdi. Falastin 3ta o‘yinda 4 ochko olish orqali uchinchida. Sharqiy Timorda 1 ochko, Malayziyada esa ochko yo‘q.

Falastin - BAA 0:0

Malayziya - Saudiya Arabistoni (qoldirildi)

 

"V" guruhi"

Qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoalari ishtirok etayotgan V guruhida vaziyat o‘z joyiga tushdi va Avstraliya yaqqol peshqadamga aylandi. "Sokkeruzlar" bu turda Tojikistonga kelib, 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Bangladesh o‘z maydonida Iordaniyadan yengildi 0:4. Qirg‘iziston esa bu turda dam oldi.

Ayni vaqtda Avstraliya 9 ochko bilan birinchi, Iordaniya 7 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. Qirg‘izistonda 4, Tojikiston va Bangladeshda bittadan ochko mavjud.

Tojikiston - Avstraliya 0:3

Gollar: Malligan (58), Keyxill (75, 90)

 

Bangladesh - Iordaniya 0:4

Gollar: Amr Dib (14, 56), Abu Amara (33), Al Baxit (58)

 

"S" guruhi"

S guruhi yetakchisi safarda Gongkong bilan o‘yin o‘tkazdi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Xitoy ham Maldivni osonlik bilan yengdi. Natijada, Qatar hisobidagi ochkolar soni 9taga, xitoyliklar hisobidagi ochkolar soni esa 7taga yetgan. Gongkongda ham shuncha ochko, lekin bu jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra uchuinchi o‘rinda qolgan. Maldiv va Butanda ochko yo‘q.

 

Gongkong - Qatar 2:3

Gollar: 0:1 Budiaf (22), 0:2 Xassan (62), 0:3 Musa (84) - 1:3 Bai (87), 2:3 Karikari

 

Maldiv - Xitoy 0:3

Gollar: Dabao (8, 57), Chjan Linpen (66)

D guruhi

D guruhida Eron birinchi o‘rinda qolmoqda. O‘tgan turda Guamni 6:0 hisobida yenggan Keyrush shogirdlari bu safar Hindiston darvozasiga javobsiz 3ta gol yo‘lladi. Guam va Ummon jamoalari bahsida hisob ochilmagan.

Ayni vaqtda guruhda Eron 7 ochko bilan birinchi o‘rinda. Ummon va Guamda ham 7tadan ochko bor va ular 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turishibdi. Bu turda dam olgan turkmanistonliklarda birgina ochko, hindistonliklarda esa ochko yo‘q.

 

Hindiston - Eron 0:3

Gollar: Azmun (29), Teymuryan (47), Tarami (51)

Guam - Ummon 0:0

 

Ye guruhi

Ye guruhidan joy olgan Yaponiya o‘zining 4 turdagi uchrashuvini safarda Afg‘onistonga qarshi o‘tkazdi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Suriya ham safarda Kambojani xuddi shu hisobda yengdi. Natijada, suriyaliklar 9 ochko bilan guruh yetakchisiga aylanishgan. 2 o‘rindagi Yaponiya hisobida 7ta ochko mavjud. Bu turda dam olgan Singapurda 4 ochko bor, Afg‘oniston 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etgan. Kambojada esa 4 o‘yindan keyin ham ochko mavjud emas.

Afg‘oniston - Yaponiya 0:6

Gollar: 10 Kagava, 35 Morisige, 50 Kagava, 57 Okadzaki, 60 Okadzaki, 74 Xonda

Kamboja - Suriya 0:6

Gollar: 29 Xiribin, 31 Malki, 39 Xiribin, 45 Al Mavash, 50 Al Midani, 81 Umari

 

F guruhi

F guruhida ham 4 tur o‘tkazildi. Bu turda Iroq va Tailand o‘rtasidagi bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Vetnam esa Tayvanni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Guruh peshqadami Tailand hisobida 7 ochko. Iroq 4 ochko bilan ikkinchi.

Tailand - Iroq 2:2

Gollar: 0:1 Meram (43), 0:2 Maxmud (49) - 1:2 Bunmatan (80), 2:2 Tossaki (83)

Tayvan - Vetnam 1:2

Gollar: 0:1 Tiyen Tnah (53), 1:1 Chun Ching (82), 1:2 Pxi Son (90)

 

G guruhi

G guruhida Janubiy Koreya Livanga safar qildi va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Kuvayt esa Laos maydonidan 3 ochko olib qaytdi - 0:2. Myanmar bu turda dam oldi.

Ayni vaqtda Janubiy Koreya va Kuvayt 9tadan ochko jamg‘argan holda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Livanda 3, Myanmar va Laosda bittadan ochko mavjud.

 

Livan - Janubiy Koreya 0:3

Gollar: 23 Chjan Xen Su (penalti), 25 Gu Chja Chxol, 60 Kvon Chxan Xun

 

Laos - Kuvayt 0:2

Gollar: 31 Nasser, 84 Al-Mutva

 

Keyingi tur uchrashuvlari 8 oktabrda o‘tkaziladi.

Top